Nevill Frensis Mott




Nevill Francis Mott (talaffuzi: Nevill Frensis Mott) (1905.30.9, Lids-1996.8.8, Milton Keynes, Bekingemshir grafligi) — ingliz fizigi, London qirollik jamiyati aʼzosi (1936). Kembrij universitetni tugatgan (1927). Bristol universiteti professor (1933—54), Kavendish laboratoriya direktori (1954—71). Ilmiy ishlari agomlar toʻqnashishlari nazariyasi va qattiq jism fizikasiga oid. Tartiblanmagan tizimlarning elektr oʻtkazuvchanligi nazariyasini yaratgan. Shaffof boʻlmagan (amorf) yarimoʻtkazgichlarning magnit va elektr xossalarini oʻrgangan. Nobel mukofoti laureati (F. Anderson va J. Van Flek bilan hamkorlikda; 1977).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz