Never Gonna Give You Up




Never Gonna Give You Up “ ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisi Rick Astley ijrosidagi qoʻshiqdir. Bu qoʻshiq xonandaning ilk singli boʻlib, 1987-yilning 27-iyulida ommaga havola etilgan. Astleyning eng mashhur ashulalaridan biridir. Qoʻshiq soʻzlarini Stock Aitken Waterman yozgan. Ashula Astleyning debyut albomi boʻlmish Whenever You Need Somebody (1987) ning ilk singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq umumjahon boʻylab hitga aylandi, dastlab 1987-yili UK Singles Chartda choʻqqiga erishdi va oʻsha yilning eng koʻp sotilgan singli ham boʻldi. Oxirida, 25 mamlakat hit-paradlarida, jumladan AQSh va Germaniya hit-paradlarida choʻqqiga erishdi. 1988-yilda „Eng yaxshi Britaniya Singli“ nominatsiyasida Brit Awardsni qoʻlga kiritdi.

Trek-list



7" single

12" maxi

12" maxi

12" single

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz