Never Forget You
„
Never Forget You “ (tarjimasi:Seni hech qachon unutmayman) — shved qoʻshiqchisi Zara Larsson va ingliz qoʻshiqchisi MNEK birgalikda ijro etishgan qoʻshiq. „Never Forget You“ qoʻshigʻi 2015-yil 22-iyulda Buyuk Britaniyada Zara Larssonning "So Good" nomli albomida ikkinchi singl sifatida chiqarilgan. „Never Forget You“ qoʻshigʻi Buyuk Britaniya chartlarida birinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, „Never Forget You“ qoʻshigʻi yana sakkizta mamlakat chartlarida birinchi oʻntalikka kiritildi. 2016-yil may oyida AQSHning "Billboard Hot 100" charti roʻyxatida Zara Larsson va MNEK birgalikda ijro etgan „Never Forget You“ qoʻshigʻi 13-oʻrinni egalladi. Bu koʻrsatkich Larsson va MNEKning "Billboard Hot 100" chartidagi eng yaxshi oʻrniga aylandi. Shuningdek, Larsson va MNEK „Never Forget You“ qoʻshigʻi bilan birinchi marta "Billboard Hot 100" chartida qatnashishgan edilar. „Never Forget You“ singli oʻn oltita mamlakatda „Platinum“ yoki undan yuqori setifikatga ega boʻldi. Qoʻshiqning orkestr versiyasi keyinroq 2021-yil 21-mayda Larssonning "Poster Girl" uchinchi studiyaviy albomining yozgi treki sifatida chiqarildi.
Musiqa videosi
2015-yil 17-sentyabrda Larssonning rasmiy „Vevo“ akkountida „Never Forget You“ qoʻshigʻining musiqiy videosi chiqarildi. „Never Forget You“ qoʻshigʻining musiqiy videosida hayvonlarni yaxshi koʻradigan, ular bilan tez-tez uchrashadigan va ular bilan xayoliy doʻst tutingan qiz tasvirlangan. Video davomida bu qizning oʻsib-ulgʻayganini va oʻzining xayoliy doʻsti (qora yungli, bahaybat, xayoliy hayvon) haqida oʻylashini koʻrishingiz mumkin (Xayoliy hayvon rolini Chris Fleming oʻynagan). Video Islandiyada suratga olingan. Musiqa videosining rejissyori Richard Paris Wilson hisoblanadi."Never Forget You" qoʻshigʻining musiqiy videosi davomiyligi uch daqiqa oʻttiz uch daqiqani tashkil qiladi.
Chartlar
Haftalik chartlar
Kover versiyalari
"Never Forget You" qoʻshigʻining kover versiyasi „Our Last Night“ guruhi ijrosida taqdim etilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org