Never Be like You
„
Never Be like You “ (tarjimasi „"Hech qachon siz kabi bo'lmaydi"“) — avstraliyalik musiqchi Flumening qoʻshigʻi. „Never Be like You“ qoʻshigʻi kanadalik produser Kai bilan hamkorlikda yaratilgan. „Never Be like You“ qoʻshigʻi 2016-yilning 16-yanvarida „Future Classic“ tomonidan Flumening „Skin“ deb nomlangan ikkinchi studiyaviy albomida bosh singl sifatida chiqarildi. „Never Be like You“ qoʻshigʻi dastlab "ARIA Singles" chartida 10-oʻrinni egalladi. Keyinchalik „Never Be like You“ qoʻshigʻi oʻsha chartda 1-oʻringa koʻtarildi. „Never Be like You“ qoʻshigʻi Flumening "ARIA Singles" chartida birinchi oʻrinni egallagan dastlabki qoʻshigʻi edi. „Never Be like You“ qoʻshigʻi Belgiya, Fransiya, Qo'shma Shtatlar va Yangi Zelandiya chartlarida ham yuqori oʻrinlarni egallagan (Yangi Zelandiyaning „RMNZ Singles“ chartida ikkinchi oʻrinni egallagan).
Press-relizda Flume shunday dedi: „Kai va men qoʻshiq haqidagi gʻoyalarini Internet orqali bir-birimizga yubordik, keyin Nyu-York shahrida uchrashib olishga kelishdik. Nyu-Yorkda uchrashganimizdan soʻng studiyaga bordik. Biz musiqa uchun bir nechta akkordlarni tanladik va ularni musiqa bilan ijro eta boshladik. Biz qoʻshiqni tayyorlash uchun bir necha kun uxlamadik, oxiri hamma narsani birlashtirib qoʻshiqni tayyorladik.“
„Never Be like You“ qoʻshigʻining remiks variantini 2016-yil 4-martda „Disclosure“ guruhi ijro etgan va ommaga havola qilgan. Qoʻshiqning EP ijrosidagi remiks varianti 2016-yil 25-martda ommaga taqdim etilgan. „Never Be like You“ qoʻshigʻi 2016-yilgi „ARIA Music“ mukofotining „Best Pop music“(Eng yaxshi pop musiqa), „Song of the Year“ (Yil musiqasi) va „Best Video“ (Eng yaxshi video) nominatsiyalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
„Never Be like You“ qoʻshigʻi 2017-yilgi „Grammy“ mukofotining „Best Dance Recording“ nominatsiyasida gʻolib boʻldi.
2017-yil 26-yanvarda „Never Be like You“ qoʻshigʻi „Triple J Hottest 100“ chartida birinchi raqamli qoʻshiq deb topildi.
Qoʻshiqning qabul qilinishi
"Spin" jurnali xodimi Harley Brownning taʼkidlashicha " qoʻshiqchi Kai „Never Be like You“ qoʻshigʻining B- tomoniga yarim damli musiqa asboblari yordamida ajoyib va gʻoʻzal vokal bergan. Kai, shuningdek, qoʻshiqqa yangi koʻrinishdagi R&B bera olgan. Bu esa qoʻshiqning jozibali chiqishini taʼminlagan."
"Rolling Stone" 2016-yilning birinchi yarmidagi 30 ta eng yaxshi qoʻshiqlardan biri sifatida „Never Be like You“ qoʻshigʻi topdi. „Never Be like You“ qoʻshigʻida „Flaying Lotus, Rustie va Arca“ kabi zamonaviy aktlarning texnomutatsyaviy pop reallashuvi mavjud.
Chartlar
Haftalik chartlar
Yil chartlari
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org