Nevada
Nevada — AQShning gʻarbiy qismidagi shtat. Maydoni 286,3 ming km². Aholisi-2,2 mln. kishi (2002), shuning 88% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Karsonsiti shahri Yirik shaharlari: Las-Vegas va Rino. Shtat xududining aksari qismi Katta havzada. Gʻarbida Syerra-Nevada tizmasining tarmoqlari joylashgan. Iklimi kontinental, quruq iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —G, iyulniki 23°. Yillik yogʻin 150–250 mm. Daryolari kamsuv. Chala choʻl va choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Nevadada axrli siyrak. Iqtisodiy jihatdan ham nisbatan kam taraqqiy etgan shtat. Kon sanoati rivojlangan. Nevadada oltin, ku-mush, volfram, temir, marganets, polimetall rudalari qazib olinadi. Rangli metallurgiya, poligrafiya, ozik,-ovkat sanoati korxonalari bor. Kolorado daryosiga katta GES qurilgan. Qishloq xoʻjaligida yaylov chorvachiligi yetakchi oʻrin-da. Koramol, qoʻy boqiladi. Bugʻdoy, sab-zavot, beda va boshqa ekinlar ekiladi. Nevada hududining bir qismi harbiy poligon. Rino shahrida Nevada universiteti bor. Turi-stlar koʻp keladi.
Nevada - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Carson City shahri. AQSh ittifog`iga 31-oktabr 1864-yilda kirgan, undan oldin - Nevada Territory.
Manbalar
uz.wikipedia.org