Neʼmat Qoʻshoqov




 

Neʼmat (Neʼmatjon) Kazakbayevich Qoʻshoqov (1965-yil 15-fevral) — sovet va qirgʻiz futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan, hozirda murabbiylik faoliyati bilan shugʻillanadi.

Biografiya



Sovet davrida u asosan havaskor jamoalar musobaqalarida qatnashgan. SSSR musoboqlarida professional jamoalari darajasida u bor-yoʻgʻi bir mavsumni, 1990-yilda SSSR ikkinchi futbol ligasida Oʻzbekiston SSR vakili Andijonning „Spartak“ klubida oʻtkazdi. Andijon jamoasi tarkibida SSSR musoboqalarida 15 ta oʻyinda 2 ta gol urgan.

SSSR parchalanganidan keyin yangi tashkil etilgan Qirgʻiziston chempionati klublari safida oʻynagan. 1992-yilda ilk bor tashkil etilgan Qirgʻiziston chempionatida Oʻshning „Alay“ jamoasi tarkibida u chempionatning bronza medali sohibi va Qirgʻiziston Kubogi finalchisiga aylandi. 1994-yilgi mavsumda „Oq-Oltin“ (Qorasuv) jamoasida, keyin uzoq yillar O‘shning „Dinamo“/"Dinamo-Alay"/"Dinamo-UVD" jamoalarida toʻp surdi. Neʼmatjon bu davrlar oraligʻida Qirgʻiziston chempionatning bronza medali sovrindori (1996) va kubok finalchisi (1997, 1998, 2000) boʻldi. Keyinchalik Qirgʻiziston oliy ligasining boshqa jamoalari „Neftchi“ (Qoʻchqorota) va „Oq-Bura“ (Oʻsh) klublarida toʻp surgan.

Ko‘p yillar davomida u bolalar va oʻsmirlar sport maktabida, keyinchalik Asilbek Momunov nomidagi futbol akademiyasida bolalarga futboldan dars beradi. U shuningdek Qirgʻiziston futbol ittifoqida texnik boʻlimi xodimi va murabbiylik kurslarida dars beradi.

2010-yillarning ikkinchi yarmida O‘shning „Alay“ jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan. 2017-2019-yillarda „A“ darajadagi murabbiylik litsenziyasi sohibi bo‘lganligi sababli, OFK kubogida klub qaydnomasiga kiritilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz