New York Times binosi
New York Times binosi (inglizcha: The New York Times Building'
) - AQShdagi Nyu-York shahridagi osmonoʻpar bino (Manxettenning gʻarbiy qismi). 52 qavatli binoning balandligi 228 metr, antenna hisobga olgan holda 319 metrni tashkil qiladi. Chrysler Building bilan birgalikda u Nyu-Yorkdagi eng baland binolar roʻyxatida 6-oʻrinni [1] va AQShda 11-oʻrinni egallaydi[2]. Binoning qurilish 2003-yildan 2007-yilgacha amalga oshirilgan. Binoning asosiy ijarachisi The New York Times kompaniyasi, The Boston Globe, International Herald Tribune va boshqa mintaqaviy gazetalarning noshiri.
Arxitektura
Minora italyan arxitektori Renzo Piano va FXFOWLE Architects tomonidan ishlab chiqilgan, ichki dizayn Amerika arxitektura firmasi Gensler tomonidan va binoning tungi yorugʻlik dizayni Visual Interaction Office tomonidan ishlab chiqilgan.
Binoning tomigacha boʻlgan balandligi 228 metrni tashkil etadi, ammo uning tashqi devorlari yana 28 metrga koʻtariladi va balandligi 256 metrni tashkil qiladi. Minoraning tomida joylashgan antennani hisobganda, balandligi 319 metrni tashkil etadi va Chrysler Building bilan birgalikda Nyu-Yorkdagi oltinchi eng baland osmonoʻpar bino va AQShda oʻn birinchi.
Minoraning dizayni koʻplab energiya tejovchi materiallardan qurilgan. Tashqi devorlar toʻliq sirlangan , quyosh nurlarining katta miqdorini oʻtqazish hususiyatiga ega boʻlgan maxsus oynalaroʻrnatilgan, shu bilan birga, devorlarning ichki qismiga binoning isishi oldini oladigan maxsus sopol quvurlar oʻrnatilgan. Oʻz issiqlik elektr stantsiyasi minoradagi elektr energiyasining 40 foizini ta'minlaydi.
Manbslar
uz.wikipedia.org