Nécessaire (Fabergé tuxumi)




Nécessaire tuxumi — bu Imperial Fabergé tuxumi, Peter Carl Fabergé nazorati ostida Rossiya imperatorlik oilasi uchun tayyorlangan ellik ikkita zeb-ziynatlar bilan bezatilgan tuxumlardan biri. Nécessaire tuxumi  Peter Karl Fabergé nazorati ostidagi ustaxonada tayyorlangan va Rossiyaning oʻsha paytdagi podshosi Aleksandr III ga topshirilgan. Aleksandr III 1889-yil Pasxa kuni(Masihning tirilishini nishonlash kuni) uni rafiqasi Mariya Feodorovnaga sovgʻa qilgan. Nécessaire tuxumi rus inqilobidan omon qolgan va 1952-yilda Wartski tomonidan Londonda sotilgan.Hozirgi kunda Nécessaire tuxumi  yoʻqolgan imperator tuxumlaridan biri hisoblanadi.

Tuxum dizayni



Nécessaire tuxumi hojatxona (ayol) buyumlarini oʻz ichiga olgan etui sifatida yaratilgan. Tuxumning aniq koʻrinishi nomaʼlum boʻlsa-da, 1917- yilda musodara qilingan imperator xazinasi inventarizatsiyasida u "rangli toshlar va brilliantlar, yoqutlar, zumradlar va sapfirlar " bilan bezatilgani tasvirlangan.

Oʻziga xos xususiyati



Ajablanarlisi shundaki, Nécessaire tuxumi  aslida etui boʻlgan. Tuxum olmos bilan qoplangan va oltindan tayyorlangan 13 ta hojatxona buyumlaridan biri hisoblangan.

Tarixi



1889-yil 9-aprelda Aleksandr III Nécessaire tuxumini rafiqasi Mariya Fedorovnaga sovgʻa qildi. Keyinchalik Nécessaire tuxumi  Gatchina saroyida saqlangan.
1917-yilgi inqilobdan soʻng, Nécessaire tuxumi qolgan imperator tuxumlari bilan birga musodara qilindi va Kremlning qurol-yarogʻ saroyiga yuborildi. 1922-yil boshida tuxum Sovnarkomga topshirildi. Nécessaire tuxumi  1949-yilda „Fabergé asarlarining Yevropadagi birinchi bagʻishlangan koʻrgazmasi“ning bir qismi sifatida namoyish etilgan. Keyinchalik Nécessaire tuxumi  firma tomonidan sotib olingan va sotilgan. Wartski tuxum haqidagi maqolasida shunday deydi: " Nécessaire tuxumi  oxirgi marta 1952-yil 19-iyun kuni „Nomaʼlum“ ismli xaridorga 1250 funt sterlingga sotilgan."„Xaridorning anonimligi Wartskining barcha yozuvlarida himoyalangan va ular hozirgacha nomaʼlum boʻlib qolmoqda.“ Hozirda Nécessaire tuxumining qayerdaligi nomaʼlum.

Yana qarang




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz