NAZARXON KANALI — Qoraqalpog’istondagi kanal. Qipchoq qishlog’idan shimolda Amudaryoning o’ng qirg’og’idan suv oladi. Uzunligi 40 kilometrdan ortiq. Amudaryoning o’ng tomonidan unga parallel yo’nalishda oqadi. Kanal 1928-29-yilda qazilgan, dastlab 17 kilometr bo’lgan. 1937-38 yilda rekonstruktsiya qilingan. Nazarxon kanali Nukus tumanini suv bilan ta’minlaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish