Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich



Ozodbek Nazarbekov Ahmadovich - o‘zbek qo‘shiqchisi, O‘zbekiston xalq artisti. Mashhur o‘zbek qo‘shiqchisi Muhriddin Xoliqovning shogirdi.

Ozodbek Nazarbekov 1974 yilning 7 mayida Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. O. Nazarbekov o‘z ijodiy faoliyatini 1994 yilda boshlagan. 2002 yildan buyon “O‘zbeknavo” estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi. 2007 yilda Mannon Uyg’ur nomidagi O‘zbekiston Davlat San’at oliygohini tamomlagan.

Respublika miqyosidagi davlat tadbirlarida: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Navro‘z umumxalq bayrami va Mustaqillik tantanalarida faol ishtirok etib kelmoqda.

2003 yildan Respublikamizning barcha viloyatlarida o‘zining yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etgan.

So‘nggi yillarda chet-el mamlakatlari, AQSh va Rossiya federatsiyalarida ham gastrol safarlarini uyushtirgan.

11 ta audiokasseta, 8 videokasseta va bir qator disklar yozgan.

2011 yilda “Osiy banda” filmiga musiqa yaratgan.

 

Mukofotlari

Manba: arboblar.uz

Uzpedia.uz