NATOga a'zo davlatlar ro'yxati
NATO ,
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (inglizcha: North Atlantic Treaty Organization, NATO; fransuzcha: Organisation du traité de l'Atlantique Nord, OTAN) — Yevropa, Amerika Qoʻshma Shtatlari hamda Kanada kabi koʻpchilik mamlakatlar birlashgan jahondagi eng yirik harbiy va siyosiy jamlanmasi, yaʼni, „Yevropani tashqi taʼsirlardan himoya qilish“ uchun ushbu tashkilotga 4-aprel 1949-yil AQShda asos solingan. Tashkilot yaratilgan paytda 12 ta mamlakat aʼzo boʻlgan, hozirgi kunda esa aʼzolar soni 30 taga yetgan.
Tashkilot maqsadi
Shimoliy Atlantika shartnomasi ittifoqiga qoʻshilgan mamlakatlar 1949-yilda tinch aholini xavfsizligini mustahkamlash maqsadida oldilaridagi Shimoliy Atlantika doirasidagi davlatlar bilan birlashishgan. Ittifoqqa aʼzo mamlakatlar yaxlit mudofaa tizimini yaratish va dunyo xavfsizligini saqlashni oʻz oldilariga maqsad qilishgan. 2010-yilda NATO "Zamonaviy mudofaaning ilgʻor ishtiroki" ijtimoiy harakati uchta muhim vazifalarni taqdim etdi, bular: jamoaviy mudofaa, inqirozni oldini olish va hamkorlik asosida xavfsizlikni kuchaytirish.
NATOga aʼzo mamlakatlar
NATOga aʼzo davlatlar 1949-yil 4-aprelda Vashington shartnomasini imzolagan, shuningdek, Shimoliy Atlantika shartnomasining „10-moddasi“ va undan keyingi kelishuvlarga muvofiq hamda NATOga qoʻshilgan davlatlar mavjud hisoblanadi.
Hammasi boʻlib 30 ta davlat Shimoliy Atlantika alyansi aʼzosi, besh davlat hamkorlikni kengaytirish boʻyicha NATO dasturlarida ishtirok etadi, Serbiya NATO bilan individual hamkorlik rejasi dasturiga qoʻshilish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Ittifoq mavjud boʻlgan davrda birorta ham davlat uni butunlay tark etmagan; Fransiya 1966-yilda blokning harbiy tashkilotini tark etgan va 2009-yilga kelin unga qayta qoʻshilgan.
Aʼzolik mezonlari
NATOga aʼzo davlatlar Vashington shartnomasida belgilangan tamoyillarga rioya qilishga kelishib olishgan. Ittifoqqa qoʻshilish istagida boʻlgan davlatlar siyosiy muloqot va harbiy integratsiyani oʻz ichiga olgan koʻp bosqichli jarayondan oʻtishi va muayyan talablarga javob berishi lozim deb qaraladi, xususan:
NATOga aʼzo davlatlar jadvali
Manbalar
uz.wikipedia.org