NATO sammiti




NATO sammiti - Shimoliy Atlantika Shartnomasi (NATOga a’zo davlatlar) tashkilotning strategik yo‘nalishini baholash va belgilash, shuningdek, nizomni tasdiqlash uchun davlat rahbarlari (NATOga a’zo davlatlar) yoki hukumat rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tadigon sammit. Odatda yangi bosh kotibni saylash uchun sammitning joyi va vaqti Shimoliy Atlantika Kengashi tomonidan belgilanadi.

NATO sammitlari NATO rahbarlarining tez-tez o‘tkaziladigan yig‘ilishlari kabi muntazam yig‘ilishlar emas, balki alyansning eng yuqori darajadagi qarorlarini qabul qilish jarayonida tashkil etiluvchi NATOga a’zo davlat rahbarlarining yig‘ilishidir. Sammitlar ko‘pincha yangi siyosiy tizimlarni joriy etish, NATO ittifoqiga yangi a‘zolarni taklif qilish, yirik yangi tashabbuslarni boshlash va NATOga a‘zo bo‘lmagan davlatlar bilan hamkorlikni o‘rnatish uchun o‘tkaziladi.

Ishtirokchi davlatlar



Quyida NATOga aʼzo davlatlar roʻyxati keltirilgan:

NATO sammitlari ro‘yxati



1949-yilda NATO tashkil topganidan beri NATOning jami o‘ttiz bitta sammiti bo‘lib o‘tgan. 2021-yil iyun oyida Bryusselda yana bir NATO sammiti bo‘lib o‘tdi. NATO doirasida o‘tkaziladigon sammitlar ichida faqat an‘anaviy sammitlar rasmiy maqomga ega bo‘lib, 2001-yilda NATO shtab-kvartirasida va 2022-yil mart oyida Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammitlari bundan mustasno.

Shuningdek qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz