Najafbek Vazirov




Najafbek Vazirov (Fataliboy oʻgʻli) [1854. 5(17). 2, Shusha - 1926. 9. 7, Boku]— ozarbayjon dramaturgi, publitsist, jamoat arbobi. Ozarbayjon zamonaviy teatrining asoschilaridan. Ilk bor Bokuda (ozarbayjon tilida) Mirza Fatali Oxundovning "Lenkoron xonining vaziri" va "Hoji Qora" komediyalarini sahnalashtirishda ishtirok etgan (1873). "Eti sizniki, suyagi bizniki" (1873), "Uy tarbiyasining bir shakli" (1875) komediyalarida eski oʻqituv usuli, ibtidoiy taʼlim shakli tanqid qilinadi. "Baxtsiz" (1874) dramasida ayollarning qismati, turmushdagi huquqsizligi tasvirlanadi. "Musibati Faxriddin" (1896) ozarbayjon dramaturgiyasidagi birinchi fojiaviy dramadir. "Uy tarbiyasining bir shakli", "Musibati Faxriddin" asarlari Abdulla Avloniy tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib, Toshkentdagi "Turon" teatr truppasi tomonidan sahnalashtirilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz