Naimjon Rahimov
Naimjon Rahimov (1951-yil 2-may, Namangan tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2011-yil, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1988), professor (1989).
Biografiyasi
Naimjon Rahimov 1951-yil 2-may Namangan tumanidagi Rovuston qishlogʻida tugʻilgan. 1968—1973-yillarda Toshkent davlat universiteti fizika fakultetini tugatgan. Naimjon Rahimova Namangan davlat pedagogika instituti fizika kafedrasining oʻqituvchisi (1978—1979), katta oʻqituvchi (1979—1981), dotsent (1982—1988), kafedra mudiri (1988—1993), ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1993-2000), oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (2000—2005), kafedra mudiri (2005—2011) lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Ilmiy faoliyati
1979-yilda „Geterooʻtishlar asosidagi tiristorlarni tayyorlash va oʻrganish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1988-yilda „Koʻp qatlamli geterotuzilmalarning yarimoʻtkazgichli elektronikada qoʻllanishi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Olim 1 ta monografiya va 5 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 15 ta ixtiro, 70 dan ziyod ilmiy maqolalari muallifi.
Manbalar
uz.wikipedia.org