Nafas olish a’zolarining tuzilishi va vazifalari



Nafas olish a’zolarining tuzilishi va vazifalari nafas a’zolari tizimi burun yo‘llari, hiqildoq, traxeya, bronxlar, o‘pkani o‘z ichiga oladi. O‘pka tashqi tomondan yupqa elastik biriktiruvchi to‘qima – plevra pardasi bilan qoplangan. O‘ng o‘pka uch: ustki, pastki, o‘rta; chap o‘pka esa ikki: ustki va pastki bo‘lakdan tashkil topgan. O‘pka ko‘krak qafasida joylashgan. O‘ng va chap o‘pka o‘rtasida kekirdak, qizilo‘ngach, qon tomirlari, ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va tugunlari hamda yurak joylashgan. O‘pkaning pastki yuzasi ko‘krak bilan qorin o‘rtasidagi to‘siq– diafragmaga tegib turadi. Havo burun yo‘llari orqali traxeyaga o‘tadi, traxeya o‘ng va chap bronxlardan iborat bo‘lib, ular o‘pkaning tegishli bo‘laklariga kirib boradi. Bronxlar juda mayda tarmoqlarga bo‘linib ketgan, ular bronxiolalar deyiladi. Ular nihoyatda mayda bo‘shliqlar – alveolalar bilan tugallanadi. Alveolalar juda mayda qon tomirlari – kapillarlar to‘ri bilan o‘ralgan. Alveolalarda gazlar almashinuvi ro‘y beradi. Bu yerga kirgan havodan alveolalarni o‘rab turgan kapillarlarga kislorod o‘tadi.
nafas a’zolari tizimi burun yo‘llari, hiqildoq, traxeya, bronxlar, o‘pkani o‘z ichiga oladi

Uzpedia.uz