Nadav Kander




Nadav Kander HonFRPS 1961-yil 1-dekabrda Londonda tug`ilgan. Nadav Knder asosan fotografiya, rassomchilik va rejissyorlik kabi ijodiy faoliyat bilan shug`illangan. U olgan fotosuratlardan portret va manzaralari mashhur. Kanderning bir qancha yaratgan fotogaleriyalari keng ko'rgazmalarga qo'yilgan. U 2015-yilda Qirollik Fotosurat Jamiyatining faxriy stipendiyasiga va Prix Pictet mukofotiga sazovor bo'lgan.

Hayoti va faoliyati



Kander Isroilning Tel-Aviv shahrida uchuvchi oilasida tug'ilgan. Uning oilasi 1963-yilda Yoxannesburgga ko'chib o'tgan. Kander 13 yoshida Bar Mitzvah puliga sotib olgan Pentax kamerasida suratga olishni boshlagan. Uning o`sha paytdagi va 17 yoshgacha olgan fotosuratlari fotogaleriyasining ajralmas qismiga aylangan. Janubiy Afrika Harbiy havo kuchlariga chaqirilgandan so'ng, o`sha yerda aerofotosuratlarni olib yurgan. U 1986-yilda Londonga rafiqasi NIkol va uch farzandi bilan ko'chib o'tgan.

Kander mashhur "Yangtze - "Uzoq daryo " seriali Prix Pictet mukofotiga sazovor bo'lgan.

2009-yil 18-yanvarda Kanderning AQSh prezidenti Barak Obamaning,Jo Baydendan (Vitse-prezident) va Yevgeniy Kang (Prezidentning maxsus yordamchisi) kabi odamlarning jami 52 ta rangli portretlari The New York Times jurnalining bir sonida nashr etilgan. Bu Kanderning eng katta portfeli bo'lib, The New York Times jurnalining butun boshli bir sonini to`liq egallagan.

2012-yilda Londonda bo`lib o`tgan 2012-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida namoyish etilgan Londonning Milliy portret galereyasida ham Kanderning bir qancha portretlari namoyish etilgan. 2014-yilda Londonning Barbikan markazida boʻlib oʻtgan “ Qurilish dunyolari: zamonaviy davrda fotosuratlar va arxitektura” koʻrgazmasida Kanderning fotogaleriyasi asosiy fotosuratlar sifatida tanlab olingan.

Uning 2016-yilda “Yil odami” sifatida e`tirof etilgan va TIME jurnalining asosiy muqovasida chiqqan uning fotosurati keng omma tomonidan iliq kutib olingan.

Kanderning fotosuratlari namoyish etilgan nashrlar




Ko'rgazmalari




Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz