Nadar




Nadar taxallusi bilan tanilgan Gaspard-Félix Tournachon 1820-yil 5-aprel da Fransiyada tugʻilgan. Nadarni fotografi, karikaturachi, jurnalist, yozuvchi va havo sharining muallifi sifatida bilishadi. 1858-yilda u aerofotosuratlarni olgan birinchi fotograf hisoblanadi.

Nadarning fotoportretlari koʻplab milliy fotosuratlar toʻplamlarida saqlanadi. Uning oʻgʻli Pol Nadar (1856—1939) otasining vafotidan keyin studiyasini davom ettirgan.

Hayoti



Gaspard-Félix Tournachon (Nadar) 1820-yil aprel oyi boshida Parijda matbaachi va kitob sotuvchisi oilasida tugʻilgan. Nadar tibbiyotni oʻrganishni boshlaydi, lekin otasining vafotidan keyin iqtisodiy inqirozlarga uchraganligi sababli oʻqishni tashlaydi.

Nadar turli gazetalarda karikaturachi va yozuvchi sifatida ishlay boshlaydi. U Jerar de Nerval, Charlz Bodler va Teodor de Banvilning Parijdagi bohem guruhiga qoʻshiladi va she guruhda uning doʻstlari unga taxallus sifatida Nadarni tanlaydilar. Uning asarlari birinchi marta 1848-yilda Le Charivari jurnalida nashr etilgan. 1849-yilda u La Revue Comique à l’Usage des Gens Sérieuxga asos solgan.

Nadar 1853-yilda karikaturachilikdan fotografiyaga oʻtgan va shu yili ilk fotosuratlaerini olgan. 1854yilda Sent-Lazar koʻchasi 113 da oʻzining shaxsiy fotostudiyasini ochgan. Nadar keng doiradagi shaxslarni suratga oldi: siyosatchilar (Gizot, Prudon), sahna aktyorlari (Sara Bernhardt, Paulus), yozuvchilar (Gyugo, Bodler, Sand, Nerval, Gotier, Dyuma), rassomlar (Korot, Delakrua, Millet) va musiqachilar. (Liszt, Rossini, Offenbax, Verdi, Berlioz). Nadar anʼanaviy dabdabali dekorativ chiroqlardan foydalanishni xohlamagan. U tabiiy kunduzgi yorugʻlikni afzal koʻrgan. 1886-yilda oʻgʻli Pol bilan u birinchi fotoreportajni amalga oshirgan. Bu fotoreportaj Le Journal Illustré nashrida chop etilgan.

1858-yilda u aerofotosuratlarni olgan birinchi fotograf boʻldi. Shunday qilib, u oʻzining sharlari bilan havoda suratga tushgan, shuningdek, Parij katakombalarida birinchi boʻlib yer ostida suratga tushgan odam boʻlib, tarixda qoldi. 1867-yilda u havo sayohatiga bagʻishlangan L’Aéronaute nomli birinchi jurnalni nashr etdi.

Asarlari



Umrining oxirlarida Nadar anekdotlar, ham uning fotosuratlari namunalari, shu jumladan taniqli ismlarning koʻplab portretlari bilan toʻldirilgan " Quand j'étais photographe " nomli asarini yaratdi va uni ingliz tiliga tarjima qilgan.

Fotogaleriyasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz