Nacho Fernández




Xose Ignasio Fernandes Iglesias (ispancha: José Ignacio Fernández Iglesias; 18-yanvar 1990, Madrid), Nacho nomi bilan ham taniqli (ispancha: Nacho) — Ispaniyalik futbolchi Real Madrid va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi.Ko'pincha Nacho degan isim bilan mashhur.

Biografiya



„Real Madrid“ jamoasi maktabi tarbiyalanuvchisi, u 11 yoshida kelib qoʻshilgan. Nacho 2008/2009 mavsumda rezerv jamoada Segunda B ligasi uchrashuvida debyut qildi va oʻsha mavsumda ikkita oʻyin oʻtkazdi. Jami u Segundada ikki mavsumni toʻliq oʻtkazdi. 2011-yil 23-aprelda Ispaniya chempionati oʻyini doirasida kechgan Valensiyaga qarshi oʻyinda u birinchi jamoada ham debyut qildi. Oʻsha oʻyinda Nacho maydonda toʻliq harakat qildi va „Real“ 6:3 hisobida gʻalaba qozondi. Ikkinchi oʻyini bir hafta oʻtib „Real Saragosa“ga qarshi kechdi va kutilmaganda „Real Madrid“ raqibiga imkoniyatni boy berib qoʻydi.

2011-yil yozida Shimoliy Amerika boʻylab oʻtkazilgan turneda Nacho ham qatnashdi. U turneda „Los-Anjeles Gelaksi“, „Gvadalaxara“ va „Filadelfiya Yunion“ jamoalarga qarshi kechgan oʻyinlarda maydonga tushdi. 2012-yilning 2-sentabrida rasman 27-raqamli libosni qabul qildi, lekin Joze Mourinyo talabiga bionan bir qancha vaqt ikkinchi jamoada qoldi.

Ispaniya oʻsmirlar terma jamoasida 2007-yilda oʻtkazilgan 17 yoshgacha Yevropa chempionati chempioni boʻldi, shu yilning oʻzida jahon chempionati kumush medalini ham qoʻlga kiritdi.

Shahsiy hayoti



Uning ukasi Aleks ham futbolchi hisoblanadi.

Izohlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz