Nabijon Qosimov
Nabijon Sodiqjonovich Qosimov — oʻzbek diplomati. 2013—2017-yillarda Oʻzbekiston xususiy sayyohlik uyushmalarining raisi. 2017-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekistonning Olmoniya, Shveytsariya, Chexiya va Shvetsiyadagi elchisi.
Maʼlumoti
1993-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini, 1998-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Xalqaro iqtisodiy munosabatlar magistraturasini tugatgan. Nemis, ingliz, rus tillarini biladi.
Mehnat faoliyati
1993-1996 — O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining „O‘zprodimpeks“ davlat savdo kompaniyasi xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi.
1996-1999 — O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining „O‘zprodimpeks“ davlat savdo kompaniyasi eksport boshqarmasi boshligʻi.
1999-2000 — Oʻzbekistonning Olmoniyadagi elchixonasi ikkinchi kotibi.
2000-2003 — Oʻzbekistonning Olmoniyadagi elchixonasi savdo va iqtisodiyot boʻyicha maslahatchisi.
2003-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar boshqarmasi guruh rahbari.
2004-2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar boshqarmasi boshligʻi.
2008-2013 — Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi boshqaruv raisining maslahatchisi.
2013-2017 — O‘zbekiston Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi raisi.
2017-yil 23-noyabrdan 2023-yil 26-sentyabrgacha Oʻzbekistonning Olmoniyadagi elchisi lavozimida ishladi.
2017-yilning 28-noyabr kuni Olmoniya Prezidenti Frank-Walter Steinmeierga ishonch yorliqlarini topshirdi. 2018-yilning 13-dekabr kuni Shvetsiya Qiroli Carl XVI Gustafga ishonch yorliqlarini topshirdi. 2019-yilning 21-fevral kuni Praga shahrida Chexiya Prezidenti Miloš Zemanga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org