Nabijon Qodirov




Nabijon Oʻlmasovich Qodirov (1957.26.2, Rishton tumani) — kulol, rishton kulollik maktabining yirik vakili; Oʻzbekiston xalq ustasi (2001). 1969-yildan usta kulol Yoʻldoshali Ergashevga shogird tushib hunar oʻrgangan. 1978-yildan mustaqil usta, tumandagi kulolchilik zavodida usta-rassom. Q. mahalliy kulolchilik anʼanalarida buyumlar yaratadi, Rishton kulolchilik maktabida kichik shaklli haykaltaroshlik asarlari (loydan kichik mavzuli etyudlar, oʻyinchoqlar, mujassamotlar) yaratishni boshlab berdi hamda ularni anʼanaviy (lagan, bodiya) buyumlar bilan uygʻunlashtirishga erishdi: "Hor-diq", "Novvoy", "Dehqon", "Choyxona", "Chorgul", "Bodomgul", "Hashtgul", "Askiya" kabi koʻplab kulollik mujassamotlari va boshqa Q. haqida "Rishton moʻʼjizasi" nomli hujjatli film yaratilgan (1999). Q. oilaviy kulollar sulolasiga asos soldi: ukalari (Nodir, Shavkat, Ahror, Abror), singillari (Zamira, Ziyoda), oʻgʻillari (Asror, Sayyod) va boshqa shogirdlari bilan birga mehnat qilib, Rishton kulollik maktabini yangi anʼanalar bilan boyitmoqda.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz