Nabijon Boqiy




Nabijon Boqiy (1956-yil 7-noyabr; Bogʻdod tumani, Oʻzbekiston SSR) — yozuvchi, tarjimon va jurnalist. Panjikent pedagogika institutining faxriy professori. Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumanidagi Chuvalanchi qishlogʻida tugʻilgan. Toshkent davlat universtitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1984). Bir qancha asarlari, jumladan, „Bir muhabbat qissasi“ (1990), „Qatlnoma“ (1992), „Gulzamira“ (1994), „Chingiz afandiga maktublar“ (2004), „Anvar poshoning vasiyati“ (2006) kabi qissalari nashr etilgan. Bir necha jahon adabiyoti namunalarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Robert Luis Stivensonning „Katriona“ va „Merosxoʻr“ romanlari va Georgiy Priyaxinning „Tushlarimga kirar Xazora“ romani ana shunday tarjimalaridan hisoblanadi. Nabijon Boqiy 2007-yilda muallifi Sadriddin Ayniy boʻlgan „Sudxoʻrning oʻlimi“ qissasiga asoslanib 10 qismli kinoqissa yozgan. Adib KGB arxivlari asosida yozgan Qatlnoma hujjatli romanini yozishi ortidan mashhurlikka erishgan. 1996-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.

Nabijon Boqiy tomonidan 2022-yilda yozib tugatilgan „Qizil toshboʻron“ asari atoqli Hamza Hakimzoda Niyoziyga bag‘ishlangan yirik tarixiy-badiiy asardir.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz