Nabi Majidovich Majidov




Nabi Majidovich Majidov (1928.10.12, Toshkent) — nevropatolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), tibbiyot fanlari doktori (1965), professor (1966). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach (1952), shu institut nerv kasalliklari ka-fedrasida klinik ordinator (1952—55), assistent (1955—63), dotsent (1963—66), davolash fakulteti dekani (1966-67). N.A.Semashko nomidagi fizioterapiya va kurortologiya ilmiy tadqiqot instituta direktori (1982-86). 1966—98 yillarda 1-Toshkent tibbiyot akademiyasi nevrologiya kafedrasi mudiri. Ayni vaqtda Oʻzbekiston Nevrologiya ilmiy markazi direktori (1991—98), "Sihatsalomatlik" (1991—2000), "Nevrologiya" (1999-yildan) jurnal bosh muharriri. M.ning ilmiy faoliyati kalla suyagi orqa chu-qurchasining fibrozlovchi surunkali leptomeningiti, xorioependimatitlar etiologiyasi, patogenezi, klinik koʻrinishi, kechishi va davolash muammolarini oʻrganishga bagʻishlangan. U bosh miya qorinchalarining klinik-anatomik xususiyatlarini koʻrsatib berdi. Nerv kasalliklarini davolashda fermentativ preparatlar ishlatishni tavsiya etdi, surunkali leptomeningitlar tasnifini ishlab chiqsi va amaliyotga tadbiq etdi. Tibbiyot institutlari talabalari uchun nevrologiyadan birinchi darslik va qoʻllanmalar muallifi. Oʻzbekiston nevropatologlari ilmiytibbiy jamiyati raisi (1968-yildan). Yevrosiyo tibbiyot Fanlar akademiyasi (1994) akademik Bir qancha xalqaro jamiyatlar aʼzosi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz