N2




Diazometan , CH,N2 — oddiy alifatik diazobirikma. Juda zaharli, qoʻlansa hidli, sariq rangli, tez portlaydigan gaz. Mol. m. 42,043. Suyuqlanish temperaturasi — 145°, qaynash temperaturasi —23°. Alyuminiy xlorid yoki bor ftorid ishtirokida aldegidlar bilan reaksiyaga kirishib metilketonlar hosil qiladi; ketonlar bilan oʻzaro taʼsiri na-tijasida zanjirning uzayishi yoki halqaning kengayishi sodir boʻladi. D.ni ilk bor 1894-yilda nemis olimi X. Pexman N nitrozometiluretanga ishqor taʼsir ettirib olgan. Karbon kislotalar va b. organik birikmalarni sintez qilishda, shuningdek, metillovchi modda sifatida qoʻllaniladi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz