Myuoniy




Myuoniy — musbat zaryadi myuon t+ va elektron ye~dan tashkil topgan zarra. Qisqacha t+ ye~ yoki Mi bilan belgilanadi. 1957-yilda L. D. Landau va A. Salom M. mavjudligini faraz tarzida aytishgan. M. tuzilishi vodorod atomi tuzilishiga oʻxshash, bunda proton oʻrnida t+boʻladi. M. t+ning moddada tormozlanishidan hosil boʻladi, bu vaqtda m+ atom elektron qobigʻidagi elektronlar bilan qoʻshilib, musbat ion xrsil qiladi. Mas, s++Xe—>|x+ye~+Xe+. Yashash davri t=2,2’10~6 s; (i+ va ye~ lar xususiy magnit momentlariga ega. Ularning spinlari bir-biriga parallel yoki antiparallel boʻlib, energiyalari~2-10~5aV ga farq qiladi va shu tu-fayli qoʻshilishda 4463,16 Mgs chastotali elektromagnit toʻlqin chiqaradi. M.ni vodorodning yengil izotopi deb qarab, atomar vodorodning har xil moddalar bilan kimyoviy reaksiyasi tezligini aniqlash mumkin.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz