MythBusters
MythBusters (ingl. myth - „asotir“, busting - „buzish“, „yoʻqqa chiqarish“; oʻzbekchada
AsotirBuzarlar ) Discovery kanali uchun avstraliyalik Beyond Television Productions ishlab chiqargan hujjatli teleserialdir. Koʻrsatuv mezbonlari, maxsus effektlar mutaxassislari Adam Savage va Jamie Hyneman, ilmiy metodlarni qoʻllab mish-mish, asotir, kinosahna, internet videolarni fosh etishadi.
Serial San Franciscoda suratga olinadi, biroq baʼzi jarayon unsurlari Artarmon, Avstraliyada amalga oshiriladi. Reja va kichik tajribalar San Franciscodagi Hyneman ustaxonalarida; keng fazo yoki maxsus imorat talab etadigan tajribalar esa shahardan tashqarida bajariladi.
Ikkinchi mavsum davomida Savage va Hyneman jamoasining quruvchilaridan boshqa ikkinchi jamoa tashkil etilib, ular hozirda asosiy ikkovlondan alohida ustaxonada tajribalar oʻtkazishadi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org