Mynavathi




Mynavathi (1935-yil 26-iyul — 2012-yil 10-noyabr) hind aktrisasi edi. U 1955-yilda Santa Sakhu Kannada filmida aktrisa sifatida birinchi marta ekranga chiqgan va 100 dan ortiq Kannada filmlarida rol ijro etgan. U yana bir mashhur Kannada aktrisasi Pandari Bayning opasi edi. U 1959-yilda Rajkumar va Pandari Bay rol oʻynagan va H.L.N. Simha rejissori boʻlgan Abba Aa Hudugi kannada filmidagi rolidan keyin mashhur boʻlgan. Filmda u erkaklarni yomon koʻradigan qiz rolini ijro etgan. Film William Shakespearening The Taming of the Shrew pyesasiga asoslangan edi.

Faoliyati



1955-yilda debyutidan soʻng, Mynavathi Bhakta Vijaya, Hari Bhakta va Rayara Sose filmlarida paydo boʻlgan. U Kalyan Kumar va Udaykumar kabi Kannada kinosining boshqa buyuk aktyorlari bilan Tamil filmlarida rol ijro etgan. Uning boshqa mashhur filmlari orasida Kacha Devayani, Naane Bhagyavathi, Anuraadha, Annapurna, Sarvajnamurti, Amma, Muthaide Bhagya va Obbariginta Obbaru filmlari bor. 1980-yillarda oʻgʻillari bilan „Yantra Media“ ni ishga tushirgan Mynavathi televideniya sohasiga kirgan. U Amma, Manetana, Mahayagna va Sumangali teleseriallarida rol oʻynagan. Mynavathi shuningdek, tamil tilida Kangal, En Magal, Ponvayal, Nalla Nedu filmlarida suratga tushgan ajoyib va yorqin rollari bilan mashxur. Tamil Kannada va Bengal filmlarida u ko`plab mashxur yulduzlar bilan suratga tushgan. Bengal tilida Mynavathi 1950-yil Kankal nomli filmda Dhiraj Bhattacharya, Jiben Bose, Naresh Mitra, Ketaki Dutta kabi aktyor yulduzlar bilan hamkorlikda ishlagan.

Vafoti



Mynavathi 2012-yil 10-noyabrda BGS Global kasalxonasida, Bangalorda yurak hurujidan vafot etgan.

Filmografiyasi



Kannada tilida




Tamil tilida




Bengal tilida




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz