MyAnna Buring




MyAnna Buring (1979-yil 22-sentyabrda tugʻilgan) — Shvetsiyada tugʻilgan britaniyalik aktrisa, The Descent, Kill List, The Twilight Saga: Breaking Shawn — 1 — qism va 2 -qism, Ripper Street, The Witcher filmlaridagi rollari bilan tanilgan.

Yoshlik



Buring 1979-yil 22-sentabrda Shvetsiyaning Sundsvall shahrida tug‘ilgan, lekin Yaqin Sharqda o‘sgan.

U Maskat shahridagi Amerika Britaniya akademiyasida oʻrta maktabda oʻzining bolalikdagi doʻsti Stegath Dor bilan birga oʻqigan. Dor aktyor va qoʻrqinchli filmlar rejissyori.

U 16 yoshga to‘lgach, Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tdi va 2004-yilda London musiqa va dramatik sanʼat akademiyasini tamomladi.

Karyera



2006-yilda Buring " The impossible planrt " filmida suratga tushdi. Uning qahramoni Skuti kosmos vakuumida halok boʻladi.

Shuningdek, 2006-yilda Buring Exeter’s Northcott Theatre Company tomonidan Shakespearening " Oʻn ikkinchi kechasi " spektaklida Oliviya rolini va Londonning Finboro teatrida " Seduced „ spektaklida rol oʻynadi. 2008-yilda Buring “Iblisning laʼnati" nomi bilan ham tanilgan " Credo „ filmida Elis rolini oʻynadi.

Buring, Much Ado About Nothing (BBC One), Midsomer Murders (ITV), Casualty (BBC One) va Murder Prevention (5-kanal) filmlarida Debbi rolini oʻynadi.

Buring 2010-yil oktabr oyida Buyuk Britaniyada BBC One telekanalida namoyish etilgan Inspektor Jorj Gentli filmida CND tinchlik faoli va talaba Adriana Doyl rolini o‘ynadi.

2012-yilda Buring BBCning Blackout va Ripper Street drama seriallarida yordamchi rollarni ijro etgan. U, shuningdek, 2012-yilgi Rojdestvo maxsus epizodida va toʻrtinchi mavsumda xizmatkor Edna Braithwaite rolini oʻynagan.

2012-yil dekabr oyida Buring ITV1 telekanalida efirga uzatilgan “Zahar daraxti " nomli ikki qismli drama janridagi filmda Karen Klark rolini oʻynadi.

2013-yilda Buring NBC telekanalining " Crossing Lines „ serialida yovuz ayol Anika Xauten rolini oʻynadi.

2019-yilda beri u Netflixning The Witcher fantastik seriyasida Tissaia de Vries rolini oʻynadi.

U 2020-yilgi “The Salisbury Poisonings" teleserialida Dawn Sturgess rolini ijro etgan.

Teatr



Buring Janubiy Londondagi Theatre503da Mathilde Dratvaning „Milk and Gall“ spektaklida Vera rolini oʻynaydi. Spektakl2021-yilning 2-dan 27-noyabriga qadar namoyish etildi.

Shaxsiy hayot



2017-yil may oyida u oʻgʻil tugʻdi. Buring shaxsiy hayoti haqida kam gapiradi.

Filmografiya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz