My Little Pony: A New Generation
My Little Pony: A New Generation (tarjimasi „Mening kichik ponilarim: Yangi avlod“) — 2021-yili katta ekranlarga chiqarilgan fentezi va komediya janridagi kompyuter-animatsion filmdir. Film rejissorlari Robert Cullen va José Ucha. Ssenariya mualliflari Gillian Berrow va Tim Sullivan, Cullen, Ucha va Tim Sullivan yozgan hikoyaga asoslanishgan. Filmda bosh qahramonlarga Vanessa Hudgens, Kimiko Glenn, James Marsden, Sofia Carson va Liza Koshy ovoz berishgan. Hasbro shirkatining My Little Pony franshizasi asosida ishlangan ushbu film yangi qahramonlar haqida hikoya qilib, film voqealari avvalgi avlodlar bilan bir xil olamda boʻlib oʻtadi.
Dastlab film Paramount Pictures tomonidan kinoteatrlarga chiqarilishi belgilanganedi, biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli 2021-yil 24-sentabrda Netflix platformasi orqali koʻpchilik mamlakatlarda chiqarildi, shu bilan birga bir qancha Osiyo mamlakatlari kinoteatrlarida namoyish etildi. Film sujeti biroz tanqid qilinganligini hisobga olmaganda, film tanqidchilar va omma tomonidan xush qarshilanib, 2021-yil oktabr oyida Netflixda eng koʻp koʻrilgan film boʻldi.
Ovoz berganlar
Musiqasi
Film saundtreki 2021-yilning 24-sentabrda yoyinlandi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org