Muzrob Ikromov




Ikromov Muzrob Muborakxojiyevich (oʻzbekcha: Икрамов Музраф Мубаракходжаевич) — oʻzbek huqushunosi, davlat arbobi. 2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri, 2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Hisob palatasi raisi.

Hayoti



1973-yil 14-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti — oliy, huquqshunos.

1995-yil Toshkent davlat yuridik institutini, 2007-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

1995-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi iqtisodiy islohot boʻyicha qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash hamda huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi.

1997-2003 — Adliya vazirligi idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi, Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi.

2003-2008 — Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi — vazirlik huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi rahbari.

2008-2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi huquqiy ekspertiza boʻlimi mudiri.

2012-2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmatining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bilan hamkorlik qilish boʻyicha shoʻba mudiri.

2013-2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari.

2015-2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri.

2017-2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi.

2019-2020 — Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi.

2020-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari.

Mukofotlari



2007-yilda Shuhrat medali bilan taqdirlangan.

2014-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Muzrob Ikromov haqida aniq va kengroq ma'lumot yetishmayapti. U haqida ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar cheklangan yoki u nisbatan kam tanilgan shaxs bo‘lishi mumkin. Agar siz Muzrob Ikromov haqidagi ma’lum bir soha, kasb yoki faoliyat doirasida ma’lumot so‘rayotgan bo‘lsangiz, iltimos, qo‘shimcha tafsilotlarni taqdim eting. Shunda men sizga yanada aniq va to‘liq ma’lumot bera olaman.

Agar Muzrob Ikromov adabiyot, san’at, sport yoki boshqa sohalarda faol bo‘lsa, yoki ijtimoiy tarmoqlarda tanilgan shaxs bo‘lsa, bu haqda ko‘proq ma’lumot izlash uchun aniqlash lozim.

Qo‘shimcha ma’lumot yoki soha haqida ma’lumot bersangiz, men sizga yaxshiroq yordam bera olaman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz