Muzlik davri (film)




Muzlik davri (inglizcha: Ice Age) 2002-yil Amerikaning Blue Sky Studios va 20th Century Fox Animation studiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan, hamda, distributor 20th Century Fox tomonidan tarqatilgan kompyuter-animatsion komediya-drama film.

Mazmuni



Millionlab yillar ilgari Yerdagi hayvonlar yashashar edi. Odamlar ibtidoyi davrni boshdan kechirishib, qadimgi jonivorlar bilan, mamont, xanjartishli yoʻlbars, turli xildagi hozirgi karkidonlarning ajdodlari bilan yashar edi (Doʻst boʻlib emas).

Xanjartishli yoʻlbarslar toʻdasi odamlarga hujum qildi. Ularning maqsadi kichkintoy goʻdakni tutish va uni yeyish edi. Ota bolasini ulardan himoya qilishga kirishdi. Amm Ona suvga choʻkib, bolasini mamont Menni (asl ismi Manfred)ga berib krtad va oʻzi vafot etadi. Xanjartishli yoʻlbarslar toʻdasi qaroriga koʻra yoʻlbars Diego odamning kichkintoy goʻdagini olib kishi kerak edi. U mamontning orqasidan tushadi. Bir payt Sid nomli jonivor ikkita aka-uka karkidonlar tuzogʻiga tushadi. Menni uzun tishlari yordamida ikki karkidonni ham yengadi. Sidga bolakay yoqib qoladi. Sid Menniga qoʻshiladi. Menni bolani odamlarga berish uchun yoʻlga chiqqan edi. Ularga yoʻlbars Diego ham qoʻshilib, oʻzini doʻst qilib koʻrsatadi. Menni, Sid, bolakay va Diego birgalikda yoʻlga chiqishadi. Bir necha kunlar oʻfib hamma uxlayotgan payti Diegoni boshqa yoʻlbarslar chaqirishadi va ular tuzoq qoʻyishadi. Ertasi kuni toʻrtovlon yoʻlga chiqishadi. Tuzoqga koʻra boshqa yoʻlbarslar kelib, ularga tashlanishadi. Diego Menni, Sid va bolakayni oʻzining doʻsti deb boshqa yoʻlbarslarga qarshi boʻladi va yaralanadi. Sid va Menni ularni yengishadi. Diego menga yordam berma deb, ularni odamlarning yoniga borishini aytadi. Menni, Sid va bolakay uyoqga boradi. Menni bolakayni beradi. Bergandan soʻng bolakay kelib Mennini quchoqlaydi. Ular ketishadi. Diego ham oyoqqa turib keladi. Menni, Sid va Diego inoq doʻstlar boʻlib, olislarga yoʻl olishadi.

Film soʻngida, oradan 20,000 yil oʻtadi. Olmaxon Skrat muzda muzlab, tropik orolga tushub qoladi. Skrat yongʻoq izlab, uni topa olmagandan soʻng, kokos yongʻogʻini olib yerga uradi va yer yorilib vulqon qoʻzgʻaladi.

Ovoz berganlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz