Muzkoʻl tizmasi




Muzkoʻl tizmasi - Sharqiy Pomir (Tojikiston)dagi tizma. Murgʻob daryosidan shim.da. Asosan kenglik boʻylab choʻzilgan, shim.ga yoysimon bukilgan. Uz. 110 km. Eng baland joyi 6233 m. Aksari metamorfik slanets, ohaktosh va qumtoshlardan tarkib topgan. Baland joylari togʻ-muzlik relyefiga ega; muzliklar bor. Tik yon bagʻirlarida qoya va qurum toshlar, etaklarida baland togʻ siyrak choʻl oʻsimliklari uchraydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz