Muzikalnaya chayxana




Muzikalnaya chayxana “ (ruscha: Музыкальная чайхана, yaʼni „Musiqiy choyxona“) — „Yalla“ sovet va oʻzbek guruhi ijro etgan qoʻshiq. Shunchaki „ Chayxana “ (ruscha Чайхана, yaʼni „Choyxona“) deb ham nomlanadi. Guruhning 1988-yil eʼlon qilingan shu nomli albomiga toʻqqizinchi trek oʻlaroq kiritilgan. kuyini guruh solisti Farruh Zokirov bastalagan, matnini esa rus shoiri Yevgeniy Berezikov yozgan.

„Muzikalnaya chayxana“ qoʻshigʻi „Yalla“ guruhi repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir. Qoʻshiq eʼlon qilinishi ortidan butun Sovet Ittifoqi boʻylab shuhrat qozongan. Guruh qoʻshiqni „Pesnya-88“ butunittifoq telefestivali finalida ijro etgan. Ashulani bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, oʻzbek qoʻshiqchisi Shahzoda hamda oʻzbek-rus qoʻshiqchi Sugʻdiyona kaver qilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz