Muzeondagi Stalin yodgorligi




Stalin yodgorligi haykaltarosh S. D. Merkurov tomonidan yasalgan va Moskvadagi Muzeon sanʼat bogʻida joylashgan.

Tarixi



Haykaltarosh Merkurov 1930-yillarning boshlarida Stalin haykali ustida ishlay boshladi. Dastlab, u granit byustni yasadi. 1935-yilda esa haykalning katta gipsli modeli yasaldi,.

1937 yilda Dubna shahrida Moskva kanalida Lenin va Stalinga haykallar oʻrnatildi. D. Merkurov oʻz haykalini quyidagicha taʼriflagan:

Ushbu yodgorliklarning kichraytirilgan nusxalari 1939-yilda Nyu-Yorkdagi Butunjahon koʻrgazmasida namoyish etilgan. Hajmi, materiali va tarkibi jihatidan Nyu-Yorkdagi koʻrgazmadagi Stalin yodgorligi Sanʼat bogʻida oʻrnatilganiga mos keladi. Butunjahon koʻrgazmasida namoyish etilgan Lenin haykali 1946-yilda Kiyevdagi Bessarabiya maydonida oʻrnatilgan.

Moskva shahar xalq deputatlari kengashining 1991-yil 24-oktabrdagi qaroriga binoan Stalin haykali Sanʼat bogʻiga koʻchirildi. Haykal jiddiy shikastlangan, shuning uchun u qayta restavratsiya qilingan.

1998-yilda yodgorlik yonida haykaltarosh Y. I. Chubarov Stalin qatagʻonlari qurbonlariga bagʻishlangan kompozitsiya yaratdi.

Yodgorlikning tavsifi



Haykal pushti granitdan yasalgan. Haykalning burni va oyoqlari singan.

Yodgorlik tarixiy va badiiy qimmatga ega. Haykaltaroshlik haqidagi koʻplab monumental sanʼat darsliklarida tilga olingan. Yodgorlik Stalinizm davridagi yodgorlik namunalaridan biridir.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz