Muzbel tizmasi




Muzbel tizmasi  — Chatqol togʻlari tarkibi (Toshkent viloyati)dagi tizma. Teraklisoy qavzasida joylashgan. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan. Uz. 20 km. Eng baland joyi 2510 m. Oʻrta karbon davrining granodiorit, granit, ohaktosh, slanets, qumtoshlaridan tuzilgan. Unchalik parchalanmagan, simmetrik joylashgan, yon bagʻirlardagi soylar (Qorabuzuqsoy, Revashte) buloqlardan toʻyinadi. Jigarrang tuproqlarda siIrak archazorlar tarqalgan. Quyi yarusda butalar, bugʻdoyiq va boshqa turli oʻtlar oʻsadi. Yozgi yaylov si-fatida foydalaniladi, mahsuldorligi gektariga 3—5 s.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz