Muzbel dovoni




Muzbel dovoni  — Chatqol tizma togʻlari (Toshkent viloyati)dagi dovon. Balandligi 3060 m. Ohangaron vodiysidagi Yangiobod shahridan chiqqan yoʻlovchilar Dukantsoy, Alatanga, Muzbel soylarining vodiylaridan Muzbel dovoniga, undan Muzbel tizmasi suvayirgʻichi orqali Teraklisoy, Oqbuloqsoy, Chatqoldaryosi vodiylariga, soʻngra Burchmulla qishlogʻiga oʻtishlari mumkin. Dovondan iyun-sentabr oylarida foydalanish xavfsiz.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz