Muzaffar Zohidov




Muzaffar Vohidovich Zohidov (1953-yil Toshkent shahrida tugʻilgan) — sharqshunos, filolog, arabshunos. ToshDU sharq fakultetining 1976-yilgi bitiruvchisi. Sanʼatshunoslik nomzodi. 2010-yildan Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchisi.

Faoliyati



1976 — 1977-y. — Misrda xizmat safari; 1977-yildan Sanʼatshunoslik institutida kichik ilmiy xodim, 1978-yildan — aspirant, (orada: 1979 −1982-y. — Iroqda referent tarjimon), 1984-yildan katta ilmiy xodim. 1990 — 1996-y. — Oʻzbekiston kinematografistlar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari; OʻzR TIV „Jahon“ teleradio xizmati boshligʻi (1996 y), press-attashe birinchi kotibi (1997 — 2001 y); muxbirlik punkti mudiri; direktor oʻrinbosari; Axborot dasturlari xizmati boshligʻi.

Ilmiy yoʻnalishi



Xorijiy mamlakatlar tarixi. 10 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha respublika ilmiy konferensiyalari ishtirokchisi.

Ilmiy ishlari



Nomzodlik dissertatsiya mavzusi: „Borba progressivnix i reaksionnix tendensiy v yegipetskom kinematografe“. — Tashkent, 1984.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz