Muzaffar Soliyev




Muzaffar Xoldarboyevich Soliyev (1975-yil 4-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi, 2021-2023-yillarda Nurafshon shahar hokimi, 2017—2021-yillarda Oʻzbekiston uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vaziri.

Biografiya



1997-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan.

1997—1999-yillarda Harbiy xizmat.

1999—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi moddiy-texnik va harbiy taʼminot xizmatlarida turli lavozimlarda ishlagan.

2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari boʻlgan.

2017-yil 5-iyulda „Oʻzkommunxizmat“ agentligi negizida tashkil etilgan Uy-joy, kommunal xizmatlar vazirligiga rahbar etib tayinlandi.

2021-yil 14-yanvarda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan „ishidagi kamchiliklar, qayta-qayta ogohlantirishlardan xulosalar chiqarilmaganligi uchun“ ishdan boʻshatilgan. Uning oʻrniga Sherzod Hidoyatov uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri etib tayinladi

15-yanvar kuni Nurafshon shahar hokimi etib tayinlandi va 2023-yil 10-aprelda ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz