Muzaffar Muhamedov




Muzaffar Muhamedov (1902.1.1 -Toshkent — 1995.18.11) — aktyor, rejissyor, teatr tashkilotchilaridan biri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1937), Oʻzbekiston xalq artisti (1959). Moskva oʻzbek drama studiyasini tugatgan (1927). Ijodiy faoliyatini Hamza rahbarligidagi "Turk kuchi" truppasida aktyorlikdan boshlagan (1918). 1919-24 yillar Oʻzbek davlat namuna drama truppasida aktyor. Andijon teatrida bosh rejissyor (1928—30), Oʻzbek davlat musiqali teatrida (1930—39), Navoiy teatrida (1939—43 va 1950-yildan) rejissyor, Mukimiy teatrida bosh rejissyor (1943—50). Mahmudxon ("Zaharli hayot"), Muslim ("Halima"), Ulma s Botir ("Yorkinoy"), Mirzaboshi ("Arslon") va boshqa uning sahnada yaratgan eng yaxshi rollaridir. Muhamedov rejissyorlik faoliyatining dastlabki davrlarida V. Meyerxold yoʻlidan bordi, keyinchalik Muhamedov rejissurasi oʻziga xos rivoj topdi. U musiqali teatr rejissyori sifatida shakllandi va bu sohada oʻziga xos rejissyorlik maktabini yaratdi. "Halima" (F. Zafariy), "Gulsara" (K. Yashin, M. Muhamedov; T. Jalilov), "Layli va Majnun" (Xurshid; R. Glier, T. Sodiqov), "Davron ota" (K. Yashin, S. Abdulla, Chustiy; T. Sodiqov, A. Kozlovskiy), "Tohir va Zuhra", "Alpomish" (S. Abdulla; T. Jalilov), "KIMga" (Roslavets, T. Jalilov), "Gʻunchalar" (Z. Fatxullin; T. Jalilov), "Oftobxon" (K. Yashin; T. Jalilov) kabi spektakllarni saxnalashtirdi. "Ichkarida" pyesasini, "Gulsara", "Dilorom", S. Abdulla bilan "Maysaraning ishi" operalarining librettosini yozgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz