Muz va Olovning qo'shig'i (A Song of Ice and Fire)




Muz va olovning qoʻshigʻi (Inglizcha: A Song of Ice and Fire) amerikalik yozuvchi George Raymond Richard Martinning yozilishi hali ham davom etayotgan, hozircha, besh kitobdan iborat epik romani hisoblanadi. Martin romanning dastlabki qismlarini 1991-yilda yoza boshlaydi va „Taxtlar oʻyini“ deb nomlab, 1996-yilda chop qildiradi. Shundan soʻng ketma-ket uch kitobi nashrdan chiqadi. Martin kitobni yetti kitob holida nashr qildirishni rejalashtiradi va bularning beshtasi kitob boʻlib chiqadi. 2011-yil chop qilingan „Ajdorhoning raqsi“ kitobi hozircha eng soʻngi nashrdan chiqqan qismi hisoblanadi. Oltinchi qismi boʻlgan „Qish shamoli“ hozircha yozib tugatilgani yoʻq.

Romanning asosiy mavzusi.



Voqea jarayonlari xayoliy qitʼalar boʻlgan Westeros va Esosda boʻlib oʻtadi. Westerosda joylashgan yetti qirollik taxti uchun kurash masalasi va undan ajralib chiqib, mustaqil boʻlishni niyat qilgan aslzoda oilalar muommosi serialning asosiy mavzusi qilib koʻrsatiladi. Taxtdan agʻdarilgan oilaning soʻngi vakili Daenerys Targaryen akasi bilan birga surgunda yashab yuradi. Esosga surgun qilingan bu oilaning soʻngi vakilasi Daenerys „Yetti qirollik“ taxtini egallash uchun Westerosga qaytmoqchi boʻladi. Asarning yana bir asosiy mavzusi Westerosning shimolidan keladigan xavfni bartaraf qilish uchun tuzilgan „Tungi navbatchilar“ maxsus guruhi hisoblanadi.

Asarning muvaffaqiyati.



Asar dunyo boʻylab 60 milliondan ortiq marotaba sotiladi. Va, 45 dan ortiq tilga tarjima qilinadi. Martinning besh yildan koʻproq muddatda yozib tugatgan toʻrtinchi va beshinchi kitoblari New York Timesning eng koʻp sotilgan kitoblar roʻyxatiga kiradi. Ayni paytda HBO tomonidan Game of Thrones nomli serial ham suratga olingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz