Muydin Mamazulunov
Muydin Mamazulunov (22.01.1984, Tojikiston SSR , Qoʻrgʻon-tepa) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi.
Futbolchilik faoliyati
Tojik futboli tarbiyalanuvchisi. Yoshligida u Oʻzbekistonga koʻchib oʻtdi va u erda fuqarolikni oldi va Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasining oʻrinbosarlari tarkibida oʻynadi. Shuningdek, u faoliyatining boshida Oʻzbekiston quyi ligasi klublarida toʻp surgan. 2006-yilda bir guruh oʻzbekistonlik futbolchilar bilan birga yarim mavsumni Qirgʻizistonning konchilar ligasi (Qizil-Qiya) klubida oʻtkazdi.
2008-yili „Olimjon Akbarov“ (Yaypan) klubi safida 23 ta gol urib, O‘zbekiston birinchi ligasi to‘purari bo‘ldi. Shundan soʻng u oliy diviziondagi „Olmaliq“ klubiga oʻtib, 2009-yilda uning tarkibida oʻynab, chempionatda klubning eng yaxshi 10 toʻpurari (12 gol), 2011-yilda esa chempionatning ikkinchi toʻpurari (16 gol)ga aylandi. Shuningdek, 2009-yilda oʻz klubi bilan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi kubogida gʻolib chiqdi.
2012-yildan beri u yana 8 ta oliy liga klubini almashtirdi, hech qachon bir mavsumdan ortiq hech qayerda qolmadi, lekin asosan yarim mavsumni oʻtkazdi. 2013 yilda „Olmaliq“ va „Guliston“ klublarida oʻynab, bir mavsumda 11 ta gol urdi va toʻpurarlar bahsida oltinchi oʻrinni egalladi. 2014-yilgi mavsum boshida Muborakning „Mash’al“ klubi bilan shartnoma imzoladi va mavsum oldi turninr Oʻzbekiston PFL kubogida gʻlib boʻldi. Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida 2015-yilgi Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori boʻldi. 2016-yilgi mavsum boshida Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2017-yil oʻzining tarbiyalagan klub Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi safiga oʻtdi va bir mavsum harakat qildi. 2018-yilda u birinchi liga klubi „Dinamo“ (Samarqand) bilan shartnoma imzolagan. Dinamo jamoasidan soʻng keyinchalik „Iftixor“, „Turon“ jamoalarida ham toʻp surdi. Hozirda Fargʻona, Oltariqning „Doʻstlik“ jamoasida toʻp surmoqda.
Yutuqlari
Lokomotuv Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2015-yil
Mash’al Oʻzbekiston PFL kubogi chempioni: 2014-yil
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org