Muxtorxon Tashxodjaev




Muxtorxon Maxsudovich Tashxodjaev (tugʻ. 1983-yil 21-sentyabr, Qoʻqon, Fargʻona viloyati) — iqtisod fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi, Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti, Qoʻqon Universiteti kuzatuv kengashi raisi, Taʼlim, tadqiqot va innovatsiyalar jamoat fondi (TTIF) taʼsischisi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi. Bir qator davlat mukofotlari sovrindori.

Biografiya



1983-yil Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. 2002-2009 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi (bakalavr va magistratura).

Mehnat faoliyatini 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti axborot texnologiyalari va masofaviy oʻquv markazi muhandisligidan boshlagan.

Muxtorxon Tashxodjaev Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi va uning rahbarligida oʻzbekistonlik paralimpiyachilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medal qoʻlga kiritgan holda umumjamoa hisobida dunyo reytingida 16-oʻrindan joy oldi. Paralimpiya sport turlarini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Muxtorxon Tashxodjaev 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Ilmiy asarlari



M.Tashxodjayev ilmiy tadqiqot ishlari doirasida 5 ta darslik, 8 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma tayyorlagan, 2 ta monografiya, respublika va xorijiy mamlakatlarda chop etilayotgan jurnallarda 30 ta hamda respublika va xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan konferensiyalarda 36 ta maqola va tezislari eʼlon qilingan.

M.Tashxodjayev ilmiy rahbarligida 2 nafar tadqiqotchi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Shuningdek, 3 nafar talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori, 5 nafar talabasi nomdor davlat stipendiyasi sovrindori va 6 nafar talabasi respublika fan olimpiyadasi gʻolibi boʻlgan.

2014




2015




2016




2018




2019




2020




2021




Mukofatlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz