Muxtor Ashrafiy koʻchasi (Toshkent)




Muxtor Ashrafiy koʻchasi  — Yashnobod tumanining Ahmad Yassaviy, „Boysun“, Muxtor Ashrafiy va Joʻrabek mahallalari hududida. Fargʻona yoʻli va Qorasuv koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 2 km atrofida.

XX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Dastlab 1969-yil 14-fevralda Risovaya nomi berilgan. 1978-yil 15-sentabrdan kompozitor Muxtor Ashrafiy nomi bilan yuritiladi.

Yoʻnalishida maktab, bogʻchalar, xususiy korxonalar, yonilgʻi quyish shoxobchalari, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, „Ziyonur“ restorani, „Sevnora“ kafesi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼmirlash-qurilish boshqarmasi, omborxona, shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Koʻcha boʻylab jamoat transporti vositalari harakat qiladi. Yaqinida bozor shoxobchasi bor.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz