Muxtabar Xusanova




Muxtabar Akbarovna Xusanova (tugʻ. 19-fevral 1983-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek siyosatchisi, huquqshunosi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Korrupsiyaga qarshi kurash va sud-huquq qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston demokratik partiyasi „Milliy tiklanish“ fraksiyasi.

Hayoti



Muxtabar Xusanova 19-fevral 1983-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutining huquqshunoslik ixtisosligi boʻyicha oliy maʼlumotni tamomlagan. Yuridik fanlar nomzodi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining Yagona axborot-tahlil guruhida yetakchi ilmiy xodim sifatida ish boshladi. 2011—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining Hokimiyatning vakillik organlari va koʻppartiyaviylik tizimini rivojlantirish masalalarini oʻrganish boʻlimi yetakchi ilmiy xodimi lavozimida ishlagan. 2012—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining Hokimiyatning vakillik organlari va koʻppartiyaviylik tizimini rivojlantirish masalalarini oʻrganish boʻlimi bosh ilmiy xodimi. 2015-yilda Muxtabar Akbarovna Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boʻyicha deputati lavozimiga tayinlangan.

Mukofotlar



2002-yilda Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori boʻldi. „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ va „Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz