Muvashshah




Muvashshah (arab. - bezatilgan, ziynat berilgan), akrostix — Sharq xalqlari (arab, fors, eski oʻzbek) mumtoz sheʼriyatida badiiy-ifodaviy usullardan biri. "Tavshih" (arab. — "bogʻlamoq") deb ham yuritilgan. M. asosan qasida janrida ishlatilib, unda sheʼrning har bir bayti yoki misrasining birinchi harflaridan biror soʻz yoki jumla (koʻpincha sheʼr bagʻishlangan shaxsning nomi) hosil boʻladi. M.dan oyat, qadis va hikmatli soʻzlarni sheʼr tarkibiga joylash maqsadida ham foydalanilgan. Oʻzbek adabiyoti tarixida sheʼrning bosh qismida kishi ismi berilgan M.lar keng tarqalgan. Muqimiy, Furqat kabi shoirlar koʻplab M. yozishgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org


Online TAKLIFNOMA yarating. Telegram bot orqali


Uzpedia.uz