Muvaffaqiyat kaliti




„Muvaffaqiyat kaliti“ yoki „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida. Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati. Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“ — amerikalik psixolog Dale Carnegie qalamiga mansub „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ (inglizcha: How to Win Friends and Influence People), „Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati“ (inglizcha: How to Develop Self-Confidence and Influence People by Public Speaking), „Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“ (inglizcha: How to Stop Worrying and Start Living) kitoblarini oʻzida jamlagan toʻplam.

Toʻplam rus tiliga 1990-yillar boshida tarjima qilingan va tez orada keng shuhrat qozongan. Asar rus tilida bir necha nashriyot tomonidan bir necha marta nashr qilingan. Ruscha toʻplamga uch kitob kiritilgan boʻlsa-da, ayrim hollarda uning nomi shunchaki „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ (ruscha: Как завоевать друзей и оказывать влияние на людей) deb yuritiladi.

Toʻplamga kiritilgan kitoblar oʻnlab tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. „Muvaffaqiyat kaliti“ toʻplamini oʻzbek tiliga rus tilidan Fatxulla Namozov oʻgirgan. Oʻzbekcha tarjima 2010-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyotida chop etilgan.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz