Mutran, Xalil Abdo




 

Xalil Mutran (1872-yil 1-iyun, Baalbek, Usmonli imperiyasi — 1949-yil 1 iyul, Qohira, Misr Qirolligi) — arab shoiri, jurnalist, yozuvchi, tarjimon boʻlgan.

Biografiya



Zodagon amaldor oilasida tugʻilgan.

Bayrutdagi katolik maktabida tahsil olgan.

1890-1892-yillarda Parijda yashagan.

1892-yilda Misrda yashashni boshladi va u yerda 1900-yildan mustaqil „Al-Majalla al-Misriyya“ jurnali va „Al-Javoib al-Misriyya“ gazetasini nashr ettirgan.

1935-1949 yillarda milliy drama truppasiga bosh boʻlgan. Yevropa romantizmi taʼsirini boshdan kechirib, arab mumtoz sheʼriyatini oʻrganib, insonning ichki dunyosini tasvirlashga eʼtibor qaratgan.

Hissiy kechinmalar, muhabbat, fidoyilik va tabiat mavzulariga bag‘ishlangan sheʼriy ijodning eng yaxshi namunalaridan biri „Xalil devoni“ kitobida (4 jildda, 1932-1934 yillar) jamlangan.

Nasriy asarlardan eng mashhuri umuminsoniy tarix taqdimoti bilan bogʻliq bo‘lgan „Kunlar ko‘zgusi“dir.

Rasin, Kornel, Shekspir, Gyugo va boshqa yozuvchilarning asarlarini arab tiliga tarjima qilgan.

Manbalar




Adabiyot




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz