Mutlaq geologik yosh




Mutlaq geologik yosh - togʻ jinslarining yoshi, vaqtning mutlaq birligida ifodalanadi; mineral tarkibidagi radioaktiv elementlar (uran, toriy, kaliy, rubidiy va boshqalar)ning parchalanishini oʻrganish asosida aniqlanadi. Odatda mln. yillar bilan hisoblanadi. Yoshni aniqlash hozirgi vaqtdan oʻtmishga qarab olib boriladi. Aniq natija olish uchun tanlab olingan minerallar toza, aralashmalarsiz va nurashga uchramagan boʻlishi kerak.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz