Mutazod




Tazod , mutobiqa, mutazod (arab. — zidlash) — badiiy tasvirning taʼsirchan va keng qoʻllanadigan vositalaridan. Nasrda ham, nazmda ham uchraydi. Oʻzaro zid tushunchalarni ifodalovchi soʻz yoki iboralarni ishlatishda koʻzga tashlanadi:Gahe tobtim falakdan notavonligʻ, Gahe koʻrdim zamondan komronligʻ. Base issigʻ-sovugʻ koʻrdim zamonda, Base achchigʻchuchuk togtim jahonda.

(Navoiy).

"Notavonligʻ— komronligʻ", "issiqsovuq", "achchigʻ-chuchuk" soʻzlari vositasida T. yaratilgan. T., dastlab folklor va qad. badiiy adabiyotda ishlatilgan. Navoiy asarlarida yuksak sheʼriy sanʼat darajasida taraqqiy etgan. Oʻzbek shoirlari ijodida ham T. uchraydi (Gʻ. Gʻulom, "Sen yetim emassan", E.Vohidov, "Yurak va akl" va boshqalar). Ad.: Husayniy A., Badoyiʼ ussanoyiʼ, T., 1981.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz