Mutavassit




“Mutavassit” – Abdurahmon Jomiyning muammoga oid asari. Toʻliq nomi – “Risolai mutavassit dar muammo” (“Muammo” ilmiga oid yozilgan hajmi oʻrtacha risola). Jomiy ushbu risolaning yozilishi sababini muammo qoidalari boʻyi­cha gʻazal yozgani, bu usul oldin mavjud boʻlmagani hamda oldin yozgan “Hulyat ul-hulal” risolasidagi muammoni yechish qoidalarini soddaroq qilib tushuntirmoqchi boʻlgani bilan izohlaydi.

Alisher Navoiy “Xamsat ul-mutahayyirin”da ushbu risola boʻyicha Jomiy huzurida taʼlim olganini qayd qiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz