Mutanosib




Proporsiya (lot. proportio — munosabat), mutanosib — 1) matematikada — a, b, c, d toʻrt kattalikning ikki nisbati orasidagi tenglik: a:b=c:d. Bunda a, b, c, d — P. hadlari; a va d — chetki, b va c — oʻrta hadlar deyiladi. P.ning asosiy xossasi: oʻrta hadlari koʻpaytmasi chetki hadlar koʻpaytmasiga teng bc=ad. Bu asosiy xossasi orqali P.ning toʻgʻriligi tekshiriladi va uning biror hadini boshqa hadlar orqali ifodalash mumkin; karrali va butun sonli nisbatli P.dan tashqari, irratsional nisbatlarga keladigan mutanosiblashtirish sistemalari keng tarkalgan (mas, oltin kesim); 2) sanʼat va meʼmorlikda — badiiy asar yoki bino (inshoot) elementlarining bir-biriga nisbatan uygʻunligi; 3) keng maʼnoda — qismlarning oʻlchamlarining oʻzaro nisbati, umuman, narsalar oʻrtasidagi miqdoriy munosabat.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz